11 Yanvar 2025 yil 593

Navbatchilik qismi xodimlarining amaliy koʼnikmalari oshirildi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida boshqarma Tashkiliy boshqarma Navbatchilik qismi va uning shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda sohada kechayotgan islohotlar,  soha xodimlarining kasbiy mahorati, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, navbatchilik qismiga tushgan xabarlarga asosan tergov tezkor guruhini voqea joyiga chiqarish, fosh etilmagan jinoyatlarni "issiq izi"da fosh etilishini tashkil etish, sohaviy xizmatlar bilan ma’lumotlar almashinuvida tezkor usullarni qo‘llash, tizimga joriy etilgan IT-texnologiyalardan samarali foydalanish usullari to‘g‘risida ishtirokchilarga tegishli ma’lumotlar berildi. Soha xodimlariga IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha  mas’ul xodimi tomonidan qonunchilik va xizmat intizomiga  rioya etish borasida tavsiya va takliflar berildi. Boshqarma YTB xodimlari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va o‘zgartishlar ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi. Saf tayyorgarligi mashg‘uloti davomida xodimlarni guruh va yakka tartibda saf elementlarini bajarish tajribasi boyitildi. 

Tadbir yakunida xodimlarning AKM va PM jangovar qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajartish va yig‘ish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari oshirildi. Soha xodimlarini kasbiy mahorati oshirishga qaratilgan o‘quv seminari ishtirokchilarning bilimi va tajribasini boyitdi.

Text to speech