28 Mart 2024 yil 214

Namunali faxriylar bilan uchrashuv


Ichki ishlar organlarida uzoq yillar namunali xizmat qilib, ob’ro‘-e’tibor bilan faxriylikka chiqqan insonlar ko‘pchilik. Ularning xizmat va hayot yo‘li yoshlar uchun ibrat maktabi. Bu toifa insonlarning namunali va sharafli xizmat faoliyatini fuqarolar, ayniqsa, yosh xodimlarga keng targ‘ib qilish orqali tizim imijini oshirish borasida Qashqadaryo viloyati IIBda bir qator ibratga molik ishlar, qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Yaqinda viloyat IIBda ichki ishlar organlarida uzoq yillar sabot bilan namunali xizmat qilib faxriylikka chiqqan, boshqarma Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov va boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi, iste’fodagi podpolkovnik Zokir Obilovning xizmat faoliyati va erishgan natijalari borasida “Fa’xriylar - faxrimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda faxriylar xizmat yillaridagi faoliyatida uchragan  qiyinchiliklar va muammolarni qanday yengib o‘tgani, mashaqqatli va sharafli xizmatning o‘ziga xos ijobiy tomonlari xususida yoshlarga so‘zlab berishdi.

Bir so‘z bilan atganda, faxriylar tajribasi, ular bosib o‘tgan xizmat yillari yoshlar uchun maktab. O‘z navbatida faxriylar o‘z tajriba va malakalarini yoshlarga so‘zlab berib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech