13 Iyul 2021 yil
502
Nafsiga qul firibgar
Gʼuzor tumani Аvgʼonbogʼ MFYda yashovchi X.B. firibgarlikning ancha-muncha hadisini olib ulgurgan ekan. U firibini ishga solib, tuzogʼiga tushirgan odamlarni aldab, ularning koʼp miqdordagi pullarini “hazm” qilib yuborgan. Oqibatda Dehqonobod tumani IIB tomonidan unga nisbatan Oʼz R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi. Qilgʼilikni qilib qoʼygan X.B. javobgarlikdan qutulish uchun yashirindi. Аmmo izquvarlarning tezkor tadbirlari natijasida qochoq Dehqonobod tumanida tezda qoʼlga olindi. Endi bir aybi ikki boʼlgan, firibgar qonun oldida javob berishga majbur.