NАFSIGА QUL FIRIBGАR
Hayotda har bir ota-ona farzandi kamolini koʼrish, kelgusida xalq manfaatiga xizmat qiladigan oqil, maʼrifatli inson boʼlib yetishishini xohlaydi. Buning uchun bor imkoniyatlarini ishga solib, farzandini tarbiyali qilib ulgʼaytirish, yaxshi taʼlmi maskanida oʼqitishga harakat qiladi. Jumladan, Kitob tumani Аlaqoʼyliq qishlogʼida yashovchi Elmurodova Dilnoza Norqulovna ham qizi – Gulnigor Bekmurodovaning ichki ishlar organlari xizmatiga qiziqishlarini inobatga olib, IIV Qashqadaryo Аkademik litseyida oʼqishi uchun hujjat topshirtiradi.
Oddiy qishloq ayoli qizi bilan litsey qabul hayʼatiga hujjat topshirganligini kuzatib turgan notanish erkak ona bolani tuzogʼiga tushirishga urinadi. Firibgarlikning ancha-muncha hadisini olgan bu shaxs Dilnoza Elmurodovaga “Men viloyat ichki ishlar boshqarmasida ishlayman, ismim Jaxongir, sizni qizingizni 2500 АQSh dollari evaziga IIV Qashqadaryo akademik litseyiga oʼqishga kiritib qoʼyaman” – deydi. Bir necha yillardan buyon qoʼshimcha darslarga qatnab, fan sirlarini mukammal oʼrganib kelayotgan qizining bilimiga ishongan ona firibgardan qutulish uchun unga xayrixohlik bildiradi va chora koʼrish uchun IIV Oʼz xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimiga murojaat qildi.
Nachora, har qanday nojuya xatti-harakatning ham, albatta, intihosi boʼladi. Firibgarlikni “kasb” qilgan Qarshi tumani Potron qishlogʼida yashovchi, 1985 yilda tugʼilgan Djabborov Jaxongir Uktamovich 2020 yil 20 may kuni 2500 АQSh dollari miqdoridagi pullarni Dilnoza Elmurodovadan olgan vaqtda qoʼlga olindi hamda unga nisbatan viloyat IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakat lari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar Ichki ishlar organlariga ishga yoki oʼqishga kirish istagida boʼlsangiz, Qashqadaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasiga murojaat etishingiz soʼraladi.
Koʼcha-kuyda duch kelgan notanish fuqarolar yoki firibgarlar gapiga ishonib siz ham firibgarning tuzogʼiga tushib qolmang!