11 Avgust 2023 yil
708
Nafaqaxo‘r o‘g‘ri
Ertalab avtomobillarga suyultirilgan gaz qo‘yish shoxobchasiga ishga kelgan Muborak tumani “A.Navoiy” MFYda yashovchi S.Ruzimurod mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ish bilan andarmon bo‘lib, “Samsung J2” rusumli uyali telefon apparatini qo‘ygan joyida unutib qoldirdi. Oradan bir muddat o‘tib, telefonini topolmagach, viloyat IIBning 102 xizmatiga bu haqda xabar berdi.
Holat yuzasidan Muborak tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida telefonni Muborak tumani “Quruvchilar” MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r R.Nasriddin olganligi aniqlanib, undan “Samsung J2” rusumli uyali telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Muborak tuman IIB huzuridagi TG tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.