“NАFАQАGА CНIQАRIB QOʼYАMАN”
Jamiyatda har bir ishni amalga oshirishning oʼz qonun qoidasi bor. Аmmo ayrim fuqarolar yo huquqiy bilimsizlik yoki erinochqlik tufayli oʼzgalar yordamiga ishonadi. Bu holat oʼzgalar sarmoyasini tuya qilishga odatlangan shaxslar uchun ayni muddao.
Koson tumani “Аrabxona” MFYda yashovchi B.M.2020 yilning yoz oylarida koʼrish qobiliyati pasayganligi sababli nogironlik nafaqasi olish uchun tegishli hujjatlar tayyorlab yurganida tanishi “Аrabxona” MFYda yashovchi R.N. bilan uchrashib qoladi. Gap orasida B.M. R.N.ga maqsadini aytganida u nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun tanishi borligini aytadi.
Natijada Koson tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.Z. B.M.ga “agar siz menga 4.000.000 soʼm bersangiz, hujjatlaringizni kamchiliklarini toʼgʼrilab 1.000.000 soʼm atrofida nafaqaga chiqarib beraman” deb, otasi Gʼ.M. dan 2.500.000 soʼm pullarni oladi. Oradan bir yil oʼtsa hamki nafaqadan darak boʼlmagach bu haqda Koson tuman IIBa ariza berdi.
Holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.