3 Fevral 2025 yil 517

“Naqshbandiya festivali”

Joriy yilning 31-yanvar  va  7-fevral kunlari respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridagi Naqshbandiya tariqatining Oltin Silsila pirlarini ziyoratgohlari bo‘ylab “Naqshbandiya festivali” ziyorat tadbirlari boshlandi. “Naqshbandiya festivali” doirasida Shahrisabz shahar hamda Kitob tumanlarida 2-3-fevral kunlari ziyorat tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, xorijiy mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan sohaviy xizmatlar va hududiy IIBlar bilan hamkorlik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, xodimlar vazifador qilinib, tashrif obyektlarida xizmat o‘talmoqda. Malayziya, Indoneziya, Singapur, Hindiston, Bruney va Turkiya davlatlaridan kelgan 160 nafarga yaqin ziyoratchilar Surxondaryo viloyatidan kutib olinib, Shahrisabz shahridagi “Maqom plaza” mehmonxonasiga joylashtirildi. Bugun xorijiy ziyoratchilar Kitob tumanidagi “Shayx Muhammad Imkanagiy” va “Shayx Muhammad Darvesh Vaxshuvoriy” maqbaralarida bo‘lib, ziyorat amallarini bajarishadi.

Festival davom etmoqda.

Text to speech