5 Iyul 2021 yil 621

NА PUL, NА MАSНINАLI BOʼLDI


Qarshi shahar “Komilon” MFYda yashovchi uy bekasi R.N. yaxshi niyatlar bilan avtomashina olish uchun pul yiqqandi. Uning bu niyatidan xabar topgan Qarshi tumani “Oʼzbekiston Mustaqilligi” MFYda yashovchi А.Sh. va “Batosh” MFYda O.Sh. va Qarshi shahar “Qarliqbogʼot” MFYda yashovchi D.S.lar 2020 yil 11 iyunь kuni uning uyiga kelib, “Kaptiva” avtomashinani sotish uchun kelishadi. Natijada ularning vaʼdalariga ishonib, avtomashinani sotib olish uchun 250.000.000 soʼm pullarni beradi. Oradan bir necha kun oʼtib, “Kaptiva”ni nomiga oʼtkazib olmoqchi boʼlganida ushbu avtomashini taqiqda ekanligini biladi. Na puli, na mashinani nomiga oʼtkazib olomagach, bu haqda Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga pullarni olishda amaliy yordam soʼrab murojaat qildi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.
Shu oʼrinda duch kelgan odamga ishini bitirib berishi yoki avtomashinasini sotib olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmasdan sarmoyasini bermasliklari toʼgʼrisida fuqarolarni ogohlantiramiz.

Text to speech