16 Noyabr 2024 yil 1028

“Muzeyga sayohat”

  IIV Qashqadaryo akademik litsey o‘quvchilari Qarshi shahrida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Sayohat davomida “1940-1950-yillarida O‘zbekiston janubida amalga oshirilgan siyosiy qatag‘onlar”, “1980-yillardagi paxta ishi bo‘yicha qatag‘on qilinganlar” shaxslar faoliyati bilan tanishishdi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning: Mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, insoniy sha’ni hamda g‘ururi oyoq osti qilingan. Shunday tabbaruk joyning qamoxonaga aylantirilgani bunga misol. Biz bugun mamlakatimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ota-bobolarimizni ulug‘lashga alohida e’tibor qaratyapmiz” degan gaplari kishini ta’sirlantiradi.

Ushbu tadbirda litsey o‘quvchilarni Vatanga sadoqat va muhabbat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi.

Sayohat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Text to speech