30 Aprel 2020 yil 1592

Muhtojlarga xayr-saxovat qilish insonlar oʼrtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlaydi

Muhtojlarga xayr-saxovat qilish insonlar oʼrtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkam bogʼlanishiga, oʼzaro hurmat va totuvlik hislarini ortishiga, jamiyat ravnaqi uchun olib borilayotgan ishlarning rivoj topishiga xizmat qiladi.

Hukumatimiz tomonidan karantin munosabati bilan joriy etilgan cheklovlar vaqtida yordamga muhtoj, ehtiyojmand oilalarni moliyaviy qiyinchiliklardan saqlab qolish maqsadida yordam pullari ajratilmoqda. Imkoniyati cheklangan yoki yolgʼiz qariyalar, chekka hududlarda yashovchi nochor oilalar, doimiy ish va daromad manbasiga ega boʼlmagan, karantin davrida moddiy taʼminoti uzilib qolgan aholi qatlamiga homiy tashkilotlar va xayriya fondlari tomonidan doimo eʼtibor berilib, ularning holidan xabar olib turish, ularga oziq-ovqat, dori-darmoni kabi birlamchi ehtiyoj mahsulotlarini muntazam yetkazib borish kabi xayriya harakatlari olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 28-30 aprelь kunlari Qashqadaryo viloyati IIB HPB XQMB katta inspektorlari va АT “Аloqabank” xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati shahar-tumanlarida yashovchi karantin davrida moddiy taʼminoti uzilib qolgan, yordamga muhtoj, ehtiyojmand 483 nafar xotin-qizlarga yordam berish maqsadida “Zamin” Xalqaro jamoat fondi hisobidan ajratilgan jami 483.000.000 soʼm pul mablagʼlari tushirilgan bank kartalari oʼz egalariga topshirildi.

Text to speech