28 Avgust 2021 yil 780

“Mustaqillik: tinchlik, taraqqiyot, barqarorlik”


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Mustaqillik: tinchlik, taraqqiyot, barqarorlik” mavzusida Maʼrifat darsi boʼlib oʼtdi. Unda Qarshi davlat universiteti dotsenti Tohir Qurbonov mustaqillik xalqimizning eng ulugʼ, eng aziz bayrami ekanligini, uni qoʼlga kiritish uchun ajdodlarimiz asrlar davomida kurashganini qayd etdi. Mamlakatimiz istiqlolni qoʼlga kiritgach, oʼtgan davrda xalqimiz osuda osmon ostida tinch, farovon kechirmoqda. Mamlakatimizda hukm surayotgan barqarorlik bois davlatmiz taraqqiy etib, jahonda yetakchi davlatlar safidan joy olayotir.
Shuningdek, Maʼrifat darsida Ichki ishlar vazirligining “El-yurt osoyishtaligi generallari” kitobi taqdimoti ham boʼldi. Taqdimotda ichki ishlar organlari faxriylari ham soʼzga chiqib, kitob toʼgʼrisida oʼzlarining iliq fikrlarini bildirishdi.

Text to speech