5 Sentyabr 2022 yil 374

Mustaqillik darsi

    “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida davlatmiz mustaqiligining 31 yilligi tantanalari munosib nishonlangan yurtimizda bugun barcha umumtaʼlim maktablari yana oʼquvchilarni oʼz bagʼriga oldi.
    Birinchi qoʼngʼiroq tadbiri munosabati bilan Qarshi shahar 34-oʼrta maktabda tashkil etilgan tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari, polkovnik Olimjon Аbdullaev ishtirok etib, barcha qatshnashchilarni mustaqillik bayrami va yangi oʼquv yili boshlanishi munosabati tabrikladi. Oʼquvchilar kelgusida oʼz bilimi bilan Vatan ravnaqiga oʼz hisalarini qoʼshishiga ishonch bildirdi.
    Tadbirda maktab oʼqituvchilari va oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʼrinishlari ishtirokchilarga namoyish etildi.
Tadbir yakunida Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi polkovnik Boborahim Mirzaev mazkur maktabning 8-v-sinfi oʼquvchilari bilan “Mustaqillikka bagʼishlangan, “Yoshlar – kelajak poydevori” mavzusida dars mashgʼuloti oʼtdi. Unda xalqimiz istiqlolni qoʼlga kiritishi jarayonlari, bu yoʼlda kurash olib borgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida qimmatli maʼlumotlar berildi.
     Dunyo tamadduniga oʼz hissalarini qoʼshgan buyuk bobokolonlarimiz izdoshi boʼlgan yoshlar oʼz bilimi va fidokorligi bilan Vatan ravnaqiga, yurt farovonligiga oʼz hissalarini qoʼshishi shubhasiz.

Text to speech