31 Avgust 2021 yil 455

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati xizmat vazifasini bajarish chogʼida vafot etgan xodimlar, nogiron va boquvchisini yoʼqotgan faxriylar holidan xabar olishdi


Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik X.Bozorov va sohaviy xizmatlar rahbarlari Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borib nafaqaga chiqqan faxriylar va xizmat majburiyatlarini bajarish chogʼida halok boʼlgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olishdi. Ichki ishlar organlarida faoliyat koʼrsatib, xizmat burchini bajarish chogʼida vafot etgan yetti nafar marhum xodimlarning ham oilasiga tashrif buyurildi. Ularning ota-onalari, oilasi, farzandlari va qarindoshlari bilan suhbatda davomida marhumlarning oʼz kasbiga boʼlgan fidoyiligi va jonbozligi, jasorati yoshlarga oʼrnak ekanligi taʼkidlab oʼtildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari nafaqaxoʼri, isteʼfodagi polkovnik Narzulla Jumanov, isteʼfodagi kapitan Tamara Zinchenko, isteʼfodagi podpolkovnik Fayzulla Xudoyberdiev xonadonida boʼlgan boshqarma rahbariyati faxriylar bilan samimiy suhbat qurishdi. Faxriylar oʼzining koʼp yillik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, tarixda qolgan yillar suronidagi xizmatning masʼuliyat va mashaqqatlari toʼgʼrisida yigʼilganlarga soʼzlab berishdi. Bayram kuni shogirdlar tashrifidan faxriylarning quvonchi cheksiz boʼldi.
Tadbirda tashrif buyurilgan oilalarning maishiy va boshqa muammolari oʼrganilib, moddiy va maʼnaviy koʼmak berildi.

Text to speech