31 Avgust 2021 yil 432

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan oʼtayotgan bayram shodiyonalarini yuksаk sаviyadа oʼtishi uchun

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan oʼtayotgan bayram shodiyonalarini yuksаk sаviyadа oʼtishi uchun

Qashqadaryo viloyatida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan boʼlib oʼtayotgan bayram shodiyonalarini namunali, tinch va osuda oʼtkazish, fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Uni viloyat IIB boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik J.Аtaev ochdi. Boshqarma sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etgan yigʼilishda xodimlarning xizmatga shayligi va tayyorgarligi, faoliyatda xizmat intizomi va qonunchilikka soʼzsiz rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʼlish, eng muhimi, soha xodimlariga fuqarolarning orasida boʼlgan eʼtibor va ishonchni yoʼqotmaslik boʼyicha tegishli yoʼriqnoma berildi.

Bir soʼz bilan aytganda har bir ichki ishlar organlari xodimlariga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!” ekanligi uqtirildi.

Text to speech