Mustaqillik bayrami arafasida ichki ishlar organlari xodimlariga yangi uylar kaliti topshirildi
Bugun
Qarshi shahrining “Cho‘lquvar” mahallasida ko‘p qavatli uyni o‘z ichiga
olgan “Yashil zamin” turar-joy majmuasi
foydalanishga topshirildi.
Yangi
turar-joy majmuasini ochish tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda
ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, sektorlar
rahbarlari jamoat tashkilotlari va OAV vakillari, faxriylar keng jamoatchilik
vakillari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 mart kunidagi “Uy-joy sotib
olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun
fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
Qaroriga asosan subsidiya asosida yetti nafar
hamda Ichki ishlar vazirining 2023 yil 8 avgustdagi tegishli buyrug‘iga
binoan uch nafar Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga
Qarshi shahar “Cho‘lquvar” mahallasi hududida yangi qurilgan ko‘p qavatli
uyning xonadonlarni kaliti topshirildi.
Istiqlolning
33 yilligi arafasida topshirilgan uylar ichki ishlar organlari xodimlari uchun
munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.