29 Avgust 2024 yil 382

Mustaqillik bayrami arafasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov rahbarligida 3 sektorga xududidagi Koson tumanining otaliqqa biriktirilgan yoshlari bilan ommaviy-madaniy va sport tadbirlari uyushtirildi.

Davlatimiz rahbari yoshlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Zero, yoshlar mamlakatimiz kelajagi. Prezidentimizning qabul qilgan har bir qaror va farmonlarida bu o‘z aksini topgan.
Joylarda o‘tkazilayotgan har bir tadbirlarda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagiga daxldor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash bosh maqsad bo‘lmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ham bu borada bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlarning uzviy davomi sifatida mustaqillik bayrami arafasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov rahbarligida 3 sektorga xududidagi Koson tumanining otaliqqa biriktirilgan yoshlari bilan ommaviy-madaniy va sport tadbirlari uyushtirildi.
Sog‘ tanda-sog‘lom aql deganlaridek, tadbir erta tongda tuman markaziy kuchasida kosonlik otaliqqa olingan uyushmagan yoshlarning besh kilometrga ommaviy yugurish marafoni bilan boshlandi,marafon ishtirokchilari g‘oliblik uchun bor kuch maxoratlarini ishga solib finish sari yugurdilar.

Text to speech