26 Avgust 2024 yil 278

Mustaqillik ayyomi arafasida Chiroqchi tumanida 8 ta ta'lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi

Bugun, mustaqillik ayomining 33  yilligi munosabati bilan Chiroqchi tumanida 6 ta maktab 2 ta ONMTT ochilish marosimi o'tkazildi.

Unda Chiroqchi tumanidagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi 990 o'rinli yangidan zamonaviy bino(12 mlrd. 300 million so'm) foydalanishga topshirilgan bo'lsa,

5-umumiy o'rta ta'lim maktab 540 o'rinli maktab (9 milliard 900 million so'm)ga qo'shimcha bino qurilgan. Shuningdek, 67-maktab 360 o'rinli qo'shimcha bino (5 mlrd. 891 million so'm), 107-sonli maktab 150 o'rinli qo'shimcha bino (5 mlrd.  200 million so'm), 53-maktab 360 o'rinli qo'shimcha bino (6 mlrd. 720 million so'm), 122-maktab 120 o'rinli (1 mlrd. 300 million so'm)  qo'shimcha binolar qurildi.

Ta'lim tashkilotlarini ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, sektor rahbarlari,  Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov hamda sohaviy mas'ullar, OAV xodimlari, jurnalist, blogerlar ishtirok etishdi.

Text to speech