18 Iyul 2024 yil 773

Murojaatlar joyida yechim topdi

Fuqarolar bilan bevosita va ochiq muloqot qilish orqali muammolarini aniqlash hamda yechim topish maqsadida Qashqadaryo viloyati sektorlar rahbarlari, korxona va tashkilotlar mas’ullari bilan Mirishkor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aziz Allanazarov fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishga kirish, tergov va YHXB xodimlarining surishtiruv harakatlariga oid 10 ta murojaatlarini qabul qildi. 

Ommaviy sayyor qabulda murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, tekshirish uchun vaqt talab etiladiganlari alohida nazoratga olinib, mas’ullarga biriktirildi.

Ko‘lami keng qabulda Mirishkor tumanidagi “Mirobod” mahallasida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida yashab kelgan Gulbaxor Raxmanova va O‘zbekiston mahallasida yashovchi Abduvalijon Berdiyev O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingani munosabati bilan ularga fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Viloyat IIBning mas’ul xodimlari tomonidan joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish borasida sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Text to speech