Murojaat sektor rahbari tomonidan hal qilib berildi
Qarshi shahrida yashovchi 1971 yilda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan fuqaroligi bо‘lmagan shaxs Djurayeva Sayyora Umarovna О‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Fuqarolik tо‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi talabiga kо‘ra, О‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish uchun asoslar yetarli bо‘lsada, belgilangan tartibda xujjatlarni tayyorlashga hamda davlat bojini tо‘lashga oilaviy va moddiy sharoiti yetmaganligi sababli, О‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish bо‘yicha murojaat qila olmasdan kelayotgan edi.
Biroq, ushbu muammo Qarshi shahar 3-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan qisqa vaqt ichida о‘rganilib, fuqaroligi bо‘lmagan shaxs S.U.Djurayevaga kо‘rsatilgan huquqiy va moddiy yordam natijasida u О‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olinib, Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bо‘limi xodimlari tomonidan О‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirilib murojaati ijobiy hal qilindi.