27 Iyun 2022 yil 297

Murojaatlar yechilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi “Sarbon-garden” majmuasida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan sud-huquq masalalariga oid Kitob, Yakkabogʼ va Shahrisabz va boshqa tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarining murojaatlari qabul qilindi.
Ommaviy sayyor qabulda 23 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan 13 ta murojatlar ijobiy yechim topdi. 1 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Qoʼshimcha surishtiruv va vaqt talab etadigan 9 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Uyushtirilgan ommaviy sayyor qabul odilona, ochiq va shaffof oʼtkazilgani uchun fuqarolar muhtaram Prezidentimizga, Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bildirishdi.

Text to speech