23 Iyul 2021 yil 583

MUROJААTLАR IJOBIY YЕCНIM TOPMOQDА

 

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik X. Аtanazarov Shahrisabz tumani 3-sektor shtabida Sayyor qabul oʼtkazdi. Odamlarning kundalik turmush tarzi va boshqa muammolarini tinglab hal etish maqsadida tashkil etilgan qabulda tuman hokimligi, IIB va sektorlar ishchi guruhi va 20 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Ochiq muloqot ruhida oʼtgan qabulda 18 nafar fuqaroning elektr energiyasida va ichimlik suvi taʼminotidagi uzilishlar, ishga kirish va bank krediti olish borasidagi murojaatlari tinglandi. Qabulda murojaatlarning 4 tasi hal etildi. Jumladan, Shahrisabz tumani “Oʼrda” mFYda yashovchi D.Jamilovaning murojaati oʼrganib chiqilib, uning 0.5 stavka ish hajmi 0.75ga oshirildi. Vaqt va mablagʼ talab etadigan 7 ta murojaat tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech