26 Avgust 2022 yil 282

Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev ijtimoiy-iqtisodiy, kundalik va maishiy, huquqiy  va boshqa  turli masalalar bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi. 

 Boshqarmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish xonasida bo‘lib o‘tgan qabulda har bir murojaatni tinglab, birma-bir ko‘rib chiqdi.

Murojaatlar asosan fuqarolarning haq-huquqlarini tiklash, maishiy muammolarini bartaraf etish, tergov harakatlari bilan bog‘liq holatlar, ichki ishlar organlariga ishga kirish, soha xodimlari faoliyatidan minnatdorchilik kabilardan iborat bo‘ldi.

Qabulda aksar murojaatlar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan muammolar nazoratga olinib, chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech