3 Mart 2021 yil 644

Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik X.Аtanazarov boshqarma Qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi. Turli muammolar bilan qabulga kelgan 18 nafar fuqarolardan 12 ta murojaat kelib  tushdi, olib borilayotgan  jinoyat ishlari hamda tergov jarayoni bilan bogʼliq boʼlgan muammoli holatlar bilan murojaat qilgan fuqarolar А.Kamolov, O.Karimov, I.Xujamurodov, Gʼ.Yusupov, X.Joʼraevlarning muammolari joyida ijobiy hal etildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 7 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Text to speech