8 May 2021 yil 586

Murojaatlar bilan ishlash tartibini takomillashtirishga oid seminar-trening



Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi va IIV masʼul xodimlari ishtirokida ikki kunlik mintaqaviy seminar-trening boʼlib oʼtdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan yigʼilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda joylardagi ichki ishlar boʼlimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” boʼyicha masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga yoʼllangan murojaatlarning natijalarini elektron tizimga biriktirish, murojaatdagi masalani qanday qonuniy hal etishning huquqiy asoslari haqida seminar-trening ishtirokchilariga tegishli tushunchalar berildi.
Taʼkidlanishicha, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga 2020 yilda oʼrtacha 1 000 000 murojaat kelib tushganligi, ushbu murojaatlarning 12 foizi ichki ishlar organlarida koʼrib chiqilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida Qonun va IIVning tegishli buyrugʼining ayrim qoidalarni yigʼilish ishtirokchilariga Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari oddiy va sodda tilda ravon tushuntirildi.
Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarni koʼrib chiqish jarayonida duch kelayotgan muammoli vaziyatlar boʼyicha xodimlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Seminar-treningda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi masʼul xodimi S.N.Mamadiev va IIV masʼul xodimlari podpolkovniklar Sh.Аbdumuratov, Sh.Quychiev va IIV YHXB xodimi podpolkovnik D.Redjabova ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech