10 Dekabr 2021 yil 347

Muqaddam sodir etilgan oʼgʼirlik jinoyati barmoq izidan fosh boʼldi


Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga 2021 yil 05 dekabr kuni shaharning “Boʼston” MFYda yashovchi Sh.F. “102” xizmatiga murojaat qilib, shu kuni soat 13:00larda “Tiko” rusumli avtomashinasini “Qarliqbogʼot” MFYda qoldirib ketganida, avtomashina salonida boʼlgan 24 dona 0,5 litrlik “FLASH”, 24 dona 0,25 litrlik “FLASH” energetik ichimliklari, 10 dona 0,5 litrlik “Baltika” pivosi, 5 dona “Milano” sigareti, 5 dona “Esse” sigareti, 10 dona “Pall mall mix” sigareti, 10 dona “Kent 6” sigareta va 5 dona “Toshkent-Shaxrisabz” arogʼi, jami 760.000 soʼmlik mahsulotlarini nomaʼlum shaxs oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB EKB boshligʼi podpolkovnik А.Turaqulov tomonidan hodisa joyidan 6 dona barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKB eksperti leytenant А.Xudoyberdiev tomonidan tekshirilganida, 3 dona barmoq izlari shaharning “Nuriston” MFYda yashovchi K.R.ga tegishliligi aniqlangan.
Qarshi shahar 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatda shaharning “Nasaf” MFYda yashovchi B.А. ham ishtirok ekanligi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil tariqasida 2 blok "FLASH” ichimligi rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech