Muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Ishchi guruh vakillari va
Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan yo'llarda sodir bo'lishi
mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida Shahrisab shahrida
joylashgan 1-sonli Kasb hunar maktabida haydovchilar, aholi, MFY raislari va
faollari, ota-onalar, o'quvchi yoshlar, shuningdek jamoatchilik vakillarini
jalb etgan holda muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Unda shu yil 2024-yil yanvar
oyida aynan shu maktabda o'quchi tomonidan sodir etilgan yo'l-transport
xodisasi va ularni keltirib chiqargan omillar to'g'risida yig'ilganlarga
batafsil ma'lumotlar berilib, bu kabi hodisalarni oldini olish, voyaga yetmagan
farzandlariga rul boshqaruvicni ishonib topshirmaslik, haydovchilik guvohnomasi
olmasdan turib transport vositasi boshqarmaslik, xavfsiz yo'l va madaniyatli
harakat ishtirokchilari sonini oshirish uchun targ'ibot-tashviqot ishlarida
barcha birdek faollikka chaqirildi.
Muhokama yig'ilishi tanqidiy
ruhda bo'lib o'tdi.