3 Aprel 2022 yil 1714

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chiroqchi tumani Oqoltin MFYda yer uchun talash” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan MUNOSАBАT.

2022 yil 31 mart kuni soat 09-00da Chiroqchi tumani Oq oltin MFYda joylashgan “Shomurod ota” fermer xoʼjaligi rahbari А.D. oʼziga tegishli boʼlgan 20 gektar yer maydonini shudgor qilmoqchi boʼlganida bir nechta fuqarolar tomonidan qarshilik koʼrsatilgan. Natijada fermer ichki ishlar organlariga holat boʼyicha xabar bergach, xodimlari voqea joyiga yetib kelib, jamoat tartibini saqlab, koʼngilsiz holatlarning oldini olgan.

Holat yuzasidan qarshilik koʼrsatgan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda chora koʼrish uchun Chiroqchi tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu oʼrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati toʼgʼrisida asoslantirilmagan, notoʼgʼri yoki yolgʼon xabarlarni tarqatmasliklarini, bunday holatlar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganligini eslatib oʼtamiz.

Text to speech