“Mumtoz adabiyot namoyondalari bilimdoni”
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Mumtoz adabiyot namoyondalari bilimdoni” viktorinasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi, shoir Alisher Navoiy hamda mohir sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Yakkabog‘ tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Baxodir Rajabov g‘olib bo‘ldi. Keyingi sovrinli o‘rinlarni Qarshi tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Mansur Ziyayev va G‘uzor tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Ramazon Ortiqov band etdi.
G‘oliblarga viloyat IIBning diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.