Muloqotda muammolar o‘rganildi
“Kasallikni davolashdan ko‘ra, oldini olgan
afzal” deganlaridek, DXX viloyat
boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori va viloyat IIB boshlig‘i boshqarma JXX
PPX va JTSB Reabilitatsiya etish markazida bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan
shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazishdi.
Ochiq
muloqot ruhida kechgan profilaktik suhbatlarda turar joyi noaniq bo‘lgan
shaxslarning turmush tarzi, qiziqishlari o‘rganilib, ayni paytda fuqarolarning
bu joyda saqlanish sabablari, ularga yaratilgan shart-sharoitlar va
imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Uchrashuvda markazda saqlanayotgan shaxslarning
yaqinlarini topib aloqa o‘rnatish, ularni oilasi bag‘riga qaytarish, ishga
yo‘naltirish, mabodo yaqinlari bo‘lmasa “Muruvvat uyi”ga joylashtirish bo‘yicha
markaz xodimlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.