8 Fevral 2024 yil 208

“Muloqot psixologiyasi" mavzusida seminar-trening

Qashqadaryo viloyati IIBda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh psixologi tomonidan  “Muloqot psixologiyasi" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda  xodimlarni xizmat faoliyati davomida ish samaradorligini oshirish, ruhiy tushkunliklarni oldini olishga qaratilgan psixologik tavsiya va maslahatlar berildi.

So‘ngra, treningda xodimlarning o‘zaro muloqot psixologiyasi, muomala madaniyatini shakllantirish, fuqarolar bilan nizoli holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi, stresli vaziyatlardan chiqish borasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech