20 Aprel 2024 yil 333

Muhim mavzuda seminar bo'lib o'tdi

Qashqadaryo viloyati FVB da “Shaxsiy tarkibga yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishda axborot iste’moli madaniyatining o‘rni. Kibermakondagi diniy content mazmuni” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda, viloyat IIB mas’ul xodimi tominidan “Axborot jamiyatining shakllanishi sharoitida siyosiy, madaniy, ijtimoiy hayotda dinning roli”, “Diniy mazmundagi virtual tahdidlar” va “Kibermakondagi geografik bog’liqliklar” xususida batafsil tushunchalar berildi.

Qolaversa, mutaxassis internet tarmog‘idan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish, soxta profil ostidagi diniy radikal saytlardan foydalanilmaslik, “do‘stlashish” da ham adashmaslik lozimligi haqida ishtirokchilarga ta'kidlab o'tdi.

Seminar ishtirokchilarning diniy bilimlarini mustahkamlash barobarida, qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Text to speech