1 Fevral 2023 yil 273

Muhim qaror targ‘iboti

Mirishkor tuman IIBda shaxsiy tarkib ishtirokida muhtaram Prezidentimizning “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20 yanvardagi Qarori mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB, Mirishkor tuman IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.  

Ko‘lami keng yig‘ilishda boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I. Xudoyqulov so‘zga chiqib, Yurtboshimizning qarorida ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash asosiy vazifa etib belgilangani ta’kidladi.

Qarorda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi taqdiqlangani aytib o‘tildi. Kodeks talabiga ko‘ra har bir ichki ishlar organlari xodimlari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida vatanparvar va xalqparvar bo‘lish, xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan xizmat qilishi, jamiyatda umume’tirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilishi, korrupsiya va huquq-tartibot organlari tizimi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik va boshqa bir qator vazifalar ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.

Yig‘ilishda o‘tgan yilda xizmat intizomi va qonunchilikning ahvoli erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil etildi. Xodimlar tomonidan  avtotransport vositalarini hujjatsiz boshqarish va boshqa noxush holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqidiy – tahlil etildi. Bundan tashqari, korrupsion holatlarni oldini olish va qonunbuzarliklarga murosasiz bo‘lish borasida ishtirokchilarga tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech