10 Avgust 2023 yil 249

Mug‘ombir telefon shaydosi ushlandi

Qarshi tumani “Qovchin” MFYda yashovchi F.Panjiyev joriy yil 7 avgust kuni boshqaruvidagi “Neksiya-1” rusumli avtomashinasi bilan Qarshi shahri bo‘ylab ketayotganda bir yo‘lovchi to‘xtash ishorasini ko‘rsatadi. Yo‘lovchi Qarshi shahridagi “Umida” choyxonasidan temir yo‘l shoxbekati atrofiga borishini aytib, avtomashinaga o‘tiradi.  Manzilga kelgan vaqtda yo‘lovchi telefon qilib olish bahonasida haydovchining “Samsung A-10” rusumli qo‘l telefonini olib, avtomashinadan tushib, noma’lum tomonga qochib ketadi. Vaziyat bunday tus olishini bilmagan haydovchi 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi.

Viloya ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida telefon talonchisi qo‘lga olindi. U Qarshi shahar “Qarshi” MFYda yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Muxriddin ekanligi aniqlanib, undan “Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparati hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Text to speech