16 Yanvar 2025 yil 2898

Muddati o‘tgan pasportni 1 oy ichida almashtirmaganlar jarima to‘laydi

Muddati o‘tgan pasportni 1 oy ichida almashtirmaganlar jarima to‘laydi 

 

PF-4262-son Prezident Farmoniga ilova qilib keltirilgan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida"gi nizomning 11-bandiga ko‘ra:

 

⏰Fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgarganda pasportini 1 oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim. 

 


Fuqaro amal qilish muddati o‘tgan biometrik pasportini o‘z vaqtida ID-kartaga almashtirmasligi — ya’ni, haqiqiy bo‘lmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan yashashi MJtKning 223-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 


Bunday huquqbuzarlik BHMning 3 baravari, ya’ni 1 125 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Text to speech