16 May 2024 yil 403

Muborakda 2024 yil g‘alla hosili o‘rim-yig‘imi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni ta’mirlash va sertifikat asosida qabul qilinishini tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, tuman hokimi Muxtor Xayitmuradov boshchiligidagi barcha sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi vakillari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Muborakda joriy yil hosili uchun 292 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 9 ming gektardan ko‘prok maydonda don ekilgan. G‘alla hosilini o‘rib olish uchun jami 22 dona g‘alla o‘rish kombaynini jalb etish rejalashtirilgan.

G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish maqsadida tumanda 11 ta o‘rim otryadi tashkil etilgan. Har bir otryadga 2 ta kombayn, g‘allani tashish uchun 13 dona yuk tashish avtomobili ajratilgan bo‘lib, ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi va yoqilg‘i tashish vositalari ham biriktirilgan.

Seminarda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olinib, kombayn operatorlariga pul mablag‘i va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Text to speech