6 Yanvar 2023 yil 276

Muborak tumanida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Muborak tumanidagi 6-maktabda Qoraqum MFYda  sodir etilgan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Muborak  tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va uning tarkibidagi mahallalar, “Qoraqum” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, profilaktika inspektorlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan muhokama yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Jasurbek Atayev sodir etilgan jinoyating kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni atroflicha  muhokama qildi.

Boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari o‘z so‘zida sodir etilgan jinoyatning kelib chiqish sabablari va sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni atroflicha tahlil etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi g‘isht zavodida yollanma ishchi bo‘lib ishlagan to‘rt nafar  fuqarolar ovqatlanish uchun choyxonaga kelib, spirtli ichimlik iste’mol qilishgani,  so‘ngra, choyxona egasi bilan bir xo‘randa janjallashib qolib, biri ikkinchisiga og‘ir tan jarohati yetkazgan. 

Mahalla beshligi “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda bu fuqarolarning hayoti va turmush tarzi bilan qiziqmagani, faollar o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani mudhish jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani tanqid ostiga olindi.

 Fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan mahalla beshligi ogoh va hushyor ish olib borib, nazoratsiz shaxslar turmush tarzi bilan shug‘ullanganida bu jinoyatning oldi olinardi.

Holat bo‘yicha mutasaddilardan izoh so‘ralib, har bir mahalla faollari o‘z ishini jonlantirishi, zimmasidagi mas’uliyatni his etgan holda faoliyat olib borishi, “Qoraqum” mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi zimmasiga kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish borasida aniq manzilli vazifalar yuklandi.

Text to speech