31 Iyul 2021 yil 509

Muborak tumanida fuqarolarning muammolari oʼrganildi.


Аholini qiynayotgan har bir masala, oʼz yechimini topmaguncha rahbarlarga tinchlik bermaydi. Bu joylarda fuqarolar muammolarini oʼrganish borasida olib borilayotgan sayyor qabullarda oʼz aksini topmoqda.
jumladan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Xurshid Аtanazarov fuqarolarning muammolarini oʼrganish yuzasidan Muborak tumanida navbatdagi qabulni oʼtkazdi.
Qabulda har bir masalaga tanqidiy-tahliliy yondoshilib, muammolarni ijobiy hal etish ustuvor vazifa sifatida qaraldi. Qabulda ishtirok etgan 14 nafar fuqarolarning murojaatlaridan 8 tasi ijobiy hal qilindi.
Mablagʼ va vaqt talab etadigan 6 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Аholi murojaatlari bilan bogʼliq qabullar davom etmoqda.

Text to speech