31 Mart 2024 yil 238

Muborak tumani hududidan o‘tuvchi "Shirinbuloq" YPX maskanida Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Maxsus otryad xodimlari hamda Muborak tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan "Tig‘" profilaktik tadbiri davomida

 

Muborak tumani hududidan o‘tuvchi "Shirinbuloq" YPX maskanida Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Maxsus otryad xodimlari hamda Muborak tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan "Tig‘" profilaktik tadbiri davomida "Qarshi-Buxoro" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Neksiya-3 rusumli transport vositasi to‘xtatilib avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda avtomashina haydovchisi Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro T.F.ning yonidan 10 dona "Karbamazepin" yozuvli psixotrop tabletkalar va 2 dona oq-qizil qadoqqa o‘ralgan psixotrop tabletka borligi aniqlandi.

 

Bundan tashqari avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro H.M.ning yonidan 1 dona "Zubr" yozuvli o‘tkir tig‘li pichoq borligi aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirildi.

 

Text to speech