14 Noyabr 2024 yil 174

Muborak tumani Bolalar musiqa va san’at maktabida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov sayyor qabulda fuqarolar bilan ochiq muloqot orqali ularning ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini tingladi. Xususan, navbatdagi sayyor qabulda sakkiz nafar fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov, profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruvlar, ishga tiklash bilan bog‘liq hamda probatsiya nazoratidagi shaxslarning masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qabul qilingan murojaatlardan 2 tasi ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish vaqt talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga olinib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berildi.

SAyyor qabulda 2 nafar talabaga oliygohda o‘qishi uchun  to‘lov kontrakti sertifikati topshirildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda uzoq vaqtdan buyon yechimini topmayotgan muammolarni hal etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini amalda tiklanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Text to speech