Muammolar sayyor qabulda hal etilmoqda
Joylarda fuqarolar
bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ko‘p yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolarini
o‘rganish va hal etish bugungi kun talabi. Bu borada Qashqadaryo viloyati 3-sektor
rahbariyati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo
viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Qamashi tumani
“Nuroniylar maskani”da sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda
fuqarolarning 34 ta m murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlar asosini kommunal sohadagi
elektr energiyasi ta’minoti, suyultirilgan gaz, yo‘llarni asfaltlashtirish, davolanish
uchun tibbiy yo‘llanma olish, o‘zini o‘zi band etish uchun ish qurollari va moddiy
yordam masalalaridan iborat bo‘ldi.
Qabul qilingan
murojaatlardan 8 tasi ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan
24 murojaatlar ish yurituvga olinib, mas’ullarga
biriktirildi. 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, ayrim fuqarolarning
sektor rahbariyatiga minnatdorchiligi ham ma’lumot uchun qabul qilindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.