Muammolar yechim topgan sayyor qabul
Joylarda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ko‘p
yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolarini o‘rganish va hal etish
bugungi kun talabi. Bu borada Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi
organlar rahbariyati tomonidan joylarda sayyor qabullar uyushtirilib, yechimini
kutayotgan muammolar hal etilmoqda.
Jumladan, Shahrisabz tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov
fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.
Ichki
ishlar organlarining profilaktika va tergov xizmati tomonidan olib borilayotgan
surishtiruv bilan bog‘liq va boshqa masalalarga oid 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabul
qilingan murojaatlardan 5 tasi ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt
talab etadigan 7 murojaatlar ish
yurituvga olinib, mas’ullarga biriktirildi. Tadbirda ilk fuqarolik hujjati
olayotgan yoshlarga ID-kartalar topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.