Muammolar yechim topgan sayyor qabul
Shahrisbz tumanida Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Tumanni Xo‘jaxuroson mahallasida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabulda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Farrux Tairov 8 nafar fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.
Murojaatlar asosan, ichki ishlar organlarining tergov va surishtiruv harakatlarining olib borilish jarayonlari, fuqarolik hujjati olish masalalaridan iborat bo‘ldi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, qonuniy hal etish topshirig‘i berildi.
Jumladan, Shahrisabz tumanida yashovchi fuqarolarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.