MOZIYGА DАXLDOR ZIYORАTGOHGА SАYOHАT
“Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasi” doirasida IIV JIED toʼrtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasida xizmat qilayotgan bir guruh yosh xodimlar Koson tumanida joylashgan Islom dinining buyuk arkonlaridan biri “Qusam ota” ziyoratgohida boʼlishdi.
Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʼsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari!» gʼoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida maʼnaviy-axloqiy jihatdan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy gʼurur va oʼzlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʼularini uygʼotish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ziyoratchilarga tabarruk qadamjo haqida tarixi va bu yerda mangu qoʼnim topgan buyuk Islom dini Qusam ota haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom his-tuygʼularini, yuksak estetik did va axloqiy meʼyorlarni shakllantirish, Oʼzbekiston xalqining boy tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlariga hurmat, milliy madaniyatimizning eng yaxshi namunalari bilan tanishish, maqsadida tashkil etilgan tadbirda xodimlarining maʼnaviy va intellektual salohiyati boyidi.