15 Fevral 2021 yil 625

MOL OʼGʼRILАRI USНLАNDI

2021 yil 13 fevral kuni Koson tuman IIBga tushgan xabarga koʼra, Koson tuman “Mashʼal” MFYda yashovchi S.Sh ariza bilan murojaat qilib, u oʼz arizasida, 2021 yil 13 fevral kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar Koson tumani “Doʼstlik” MFYda joylashgan qurilishi tugallanmagan uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, molxonasida boʼlgan 5 bosh, jami bozor bahosi 8.200.000 soʼmlik qoʼylarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan. TIIB XPB PI katta leytenant F.Аstanov va katta leytenant I.Fayzullaevlar tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Koson tumani “Nartibaland” MFYda yashovchilar N.Sh, А.А va Koson tumani “Аraliq” MFYda yashovchi O.N.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, N.O.dan 5 bosh qoʼylar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan N.O, А.А va Sh.N.larga nisbatan Oʼz.Res JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech