26 Iyul 2024 yil 428

Mohir suzuvchilar taqdirlandi

Qarshi shahrida IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining taqvimiy rejasiga asosan voha huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy tarkibining jangovar shayligini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida doimiy ravishda sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu gal sportning suzish turi bo‘yicha Kengash birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Ishtirokchilar 100 metrga erkin yakkalik va jamoa bilan 4x100 usulda suzish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqaning  100 metrga erkin usulda suzish bahslarda 1-o‘rinni  DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi vakili Farxod Rustamov, 2-o‘rinni  55159-harbiy qismi jamoasi vakili, kapitan Xamid Latipov va 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati IIB  jamoasi vakili, leytenant Umrzoq Sagdiyev qo‘lga kiritdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqaning 4x100 metrga erkin usulda estafeta suzish turi bo‘yicha 55159-harbiy qismi  jamoasi g‘olibliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qashqadaryo viloyati IIB jamoasi suzuvchilari band etishdi.

G‘oliblar Kengashning medali va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech