18 Yanvar 2025 yil 645

“MOBILLASHIB BORAYOTGAN TAFAKKUR”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Mobillashib borayotgan tafakkur” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov ochdi.
Tadbirda viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi, kapitan Suxrob Muxammadiyev mavzu doirasida ma’ruza qildi.
Viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i, mayor Akrom Ubaydullayev kiberjinoyatlar va zararli ilovalar hamda ulardan saqlanish haqida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berib o‘tdi.
Yakunda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi respublika va viloyat miqyosida xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, shaxsiy tarkib bilan bog‘liq sodir bo‘lgan salbiy va favqulodda holatlar va ularni oldini olish borasidagi ishtirokchilarga tegishli tushuncha va tavsiyalar berdi.

Text to speech