Mirishkor tumanida firibgarlik jinoyati fosh etildi
2024 yil 06 aprel kuni,
Mirishkor tumani IIB ariza bilan murojaat qilib, Mirishkor tumani Yangi
Mirishkor mahallasi hududida joylashgan “LNS INTERNATIONAL” kompaniyasi xodimi
B.M. ularga kompaniya to‘g‘risida tushuncha berib, internet orqali savdo
bo‘lishini tushuntirib, tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun
imkoniyatlar yaratib berishini, onlayn tartibda savdo olib borilishini, shu
orqali daromadga ega bo‘lishini aytib, ularga “Sizlar 640 AQSH dollaridan 2440
AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda turli ballik paketlar sotib olasizlar-deb,
ularning ishonchiga kirib, jami 72.000.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritib, o‘z
ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan Mirishkor tumani IIB
Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining 168-m 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.