8 Fevral 2024 yil 367

Mirishkor tumanida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi


Mirishkor tuman hokimligida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi Аbduvohid Salomovich Ismoilov, tuman hokimi Fayzullo Gʼulomov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, deputatlar, IIB xodimlari, faxriylar hamda mahalla yettiligi ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda viloyat IIB boshligʼi polkovnik Аbduvohid Salomovich Ismoilov soʼzga chiqib, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, xodimlar oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini atroflicha tahlil etdi.

Kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan boshqarma boshligʼi masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

Yigʼilishda podpolkovnik Gʼayrat Haydarov Mirishkor tuman IIB boshligʼi lavozimiga tayinlandi.

 

Text to speech