1 Aprel 2021 yil 599

Miqdor emas sifat muhim


Odatda isteʼmol uchun olinadigan mahsulotning miqdori emas sifati yaxshi boʼlishi muhim ahamiyatga ega. Xalqimizning arzon molning shoʼrvasi tatimas, degan naqli bejizga aytilmagan. Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB Karantin boʼlinmasi xodimlari viloyat Veterinariya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda vohadagi goʼsht va goʼsht mahsulotlari sotiladigan bozorlarda, goʼsht doʼkonlarida boʼlib, aholiga sotilayotgan mahsulotlarning sifatini muntazam tekshiruvdan oʼtkazmoqda. Jumladan, Qarshi shahar "Erqoʼrgʼon" dehqon oziq-ovqat bozorida oʼtkazilgan navbatdagi profilaktik tadbirda qassoblar va goʼsht mahsulotlari sotayotgan sotuvchilar bilan veterinariya tartib qoidalariga amal qilinishi yuzasidan reydlar oʼtkazildi. Reyd davomida Gʼuzor tumanida yashovchi fuqaro F .J. baliq mahsulotlarini belgilanmagan joyda, tegishli maʼlumotnomalarisiz sotayotganligi aniqlanib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Tadbir davomida qassoblarga goʼsht mahsulotlarini tashish, sotish va saqlash vaqtida veterinariya tartib qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech