19 Mart 2021 yil 733

MILLIY TIKLАNISHDАN – MILLIY YUKSАLISH SАRI

Yaqinda Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida “Prezident murojaatlari – milliy yuksalish va bunyodkorlik daʼvatidir” mavzusida seminar boʼlib oʼtdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi, soha xodimlari, IIV akademiyasi kursantlari, viloyat IIB Faxriylar kengashi aʼzolari, litsey oʼqituvchilari va oʼquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan el-yurt obodligi yoʼlida belgilab berilayotgan vazifalarning mazmun-mohiyati, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishdagi davlat va jamiyat tashkilotlarining hamkorligi haqida soʼz bordi.
Tadbirda soʼz olganlar istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qoʼyilayotgani, mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga koʼtarish maqsadida Harakatlar strategiyasi qabul qilingani, belgilangan ulugʼvor vazifalarni roʼyobga chiqarishga qatʼiy kirishishbiz uchun yangi ufq va imkoniyatlar ochib berayotganini taʼkidlashdi.
Dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizni ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va yangilash juda muhimligi, ana shunday oʼtkir talabni chuqur anglagan holda oʼz hissamizni qoʼshish lozim.
Eng ustuvor vazifa boʼlgan aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish boʼyicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech